Ana xolos! Qiz otasining qotili bilan qochib ketdi va u bilan yashamoqda (foto)

Ana xolos! Qiz otasining qotili bilan qochib ketdi va u bilan yashamoqda (foto)

O‘ttiz yil muqaddam Avstraliyaning Jelong shahrida yashovchi Salvator Rotiroti o‘ldirilgandi. Gumondor qo‘lga olindi, ammo keyin guvohlar o‘zlarining guvohliklarini rad etishganidan keyin u ozod qilindi. Jinoyatning yechimi hech qachon oshkor qilinmadi, deb yozadi Daily Mail .

Mariya Rotiroti sakkiz yildan beri otasini o‘ldirgani aytilgan qotil bilan yashamoqda va bu uni hech ham bezovta qilmaydi. Uning oilasi haqida hech narsa ma’lum emasdi. Lekin qizning akasi singlisining shaxsiy hayotiga oid ma’lumotlarni bilib qoldi va bu uni dahshatga soldi.

O‘ttiz yil muqaddam Salvatorning o‘g‘illaridan biri garovga olingan va yuz ming dollarlik to‘lov talab qilingan. Ota hamma shartlarga rozi bo‘lgan, lekin jinoyat ko‘proq pul talab qilgan va uchrashuv Salvator uchun dahshatli o‘lim bilan yakunlangan. Uch hafta o‘tgach, qotillikda asosiy gumondor bo‘lgan 21 yoshli Vince Zangazi qo‘lga olingan. Biroq bu ish hech qachon oshkor qilinmagan, chunki guvohlar guvohliklarini rad etishgan yoki fikrlarini o‘zgartirishgan. Natijada Vince ozod qilingan.

Shunday bo‘lsa-da, bu Mariyani bezovta qilmadi, u sevgilisi bilan birga Sidneyning uzoq hududlaridan biriga qochib ketdi va ismini o‘zgartirdi. U ayni damda katta ehtimol bilan otasining qotiliga turmushga chiqqan va u bilan yashamoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!