Ana xolos! Prezidentning vafotiga noyob virus sabab bo‘lgan ekan

Ana xolos! Prezidentning vafotiga noyob virus sabab bo‘lgan ekan

Juma kuni 62 yoshida vafot etgan Vetnam prezidenti Chan Day Kuangning noyob virusli kasallikka yo‘liqqanligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “VnExpress” axborot agentligi Vetnamning maxsus tibbiy ma’muriyati rahbari Nguyen Kuok Chiyeuning so‘zlariga asoslanib xabar qildi.

Unga so‘zlariga ko‘ra, bu virusga qarshi dori yo‘q. Chan Day Kuangdagi ushbu kasallik 2017 yil iyulda aniqlangan. O‘shandan beri u Yaponiyada va uyida davolangan.

Yaponiyalik mutaxassislar va shifokorlar prezidentni bir yilga yaqin davolashdi, ammo kasallikni to‘liq davolash uchun dori yo‘qligi sabab jarayonni faqat sekinlashtirish mumkin edi, xolos", deydi Kuok Chiyeu.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!