Ana xolos! Polisiya yarim-yalang‘och ayollardan qanday maqsadda foydalandi?

Ana xolos! Polisiya yarim-yalang‘och ayollardan qanday maqsadda foydalandi?

Quddusda ultra-ortodoksal yahudiy jamoasi – Xaredi a’zolari Yevronigoh finaliga shanba kuni tayyorgarlik ko‘rib, shabbat kuniga hurmatsizlik qilingani uchun namoyishga chiqishdi. Ularga qarshi polisiya yarim yalang‘och ayollardan foydalandi. Namoyishchilar ularga qarab gunohga botgandan ko‘ra namoyishni tark etishni afzal ko‘rishdi.

"Minbar.uz"ning yozishicha, polisiya xodimlari hatto otlar bilan namoyishchilarni tarqata olmagan. Ularga kutilmagan tomondan yordam keldi. Ayollar. Yalang‘och ayollarga qarashni gunohi azim deb biladigan mazhabdagi dindorlar ustki libosi yechilgan ayollarni ko‘rganu teskari qarab chekina boshlagan.

Xaredi jamoasi shabbat kuni – juma kuni shomdan shanba kuni kun botguncha ishlamaslikka qat’iy amal qilishadi.

Ayrim o‘ta mutaassib yahudiylar ommaviy joylarda va mass-mediada ayollar suratlari namoyish etilishiga ham qarshilik qilishadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!