Ana xolos! Hindistonda bir timsohning dafn marosimida 500 kishi qatnashdi

Ana xolos! Hindistonda bir timsohning dafn marosimida 500 kishi qatnashdi

Hindistonda Gangaram nomli timsohning dafn marosimida qariyb 500 kishi qatnashdi. Ushbu ma’lumotlar mashhur Hindustan Times gazetasida chop etildi.

Ma’lum bo‘lishicha, mahalliy aholi hech qachon suv havzasida yashagan timsohdan qo‘rqmagan. Hatto kichik bolalar suv havzasida u bilan birga suzishgan. Ota-onalar esa hecham xavotirga tushishmagan.

Xabarlarga qaraganda, bu go‘shtxo‘r timsohni mahalliy aholi guruch va loviya berib boqqan. Mehribon timsoh haqida esa turli afsonalar ham yaratishgan.

Gangaramning keksalikdan vafot etgani ma’lum bo‘ldi. Aniqlanishicha, uning yoshi 130 da ekan.

Hurmat belgisi sifatida xalq unga dabdabali dafn marosimini o‘tkazdi, unda 500 ga yaqin kishi qatnashdi. Gangaramni qabristonga gullar bilan bezatilgan traktorda olib ketishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!