Amerikalik sportchi qiz Trampga: "Urushga ketadiganlar orasida sening bolalaring bo‘lmaydi"

Amerikalik sportchi qiz Trampga: "Urushga ketadiganlar orasida sening bolalaring bo‘lmaydi"

AQSh ayollar terma jamoasi futbolchisi va 2019 yilgi «Oltin to‘p» sohibi Megan Rapino Eronga hujum qilishga tayyor ekanini bildirgan Donald Trampni tanqid ostiga oldi. Bu haqda "Daryo" yozmoqda.

Avvalroq AQSh prezidenti o‘zining Twitter sahifasida agar forslar amerikaliklarning birorta bazasi yoki odamiga hujum qiladigan bo‘lsa, eng yangi qurolni Eronga yuborishga tayyor ekanini bildirgandi.

Rapino bunga o‘z Instagram'i orqali javob qildi: «Qurol bilan birga biz odamlarimizni ham yuboramiz. Ularning ko‘pchiligi yoshlar (biroq ular aniq sening bolalaring bo‘lmaydi). Sen nimalar deganingni anglayapsanmi? Tramp, hech qachon urush bilan maqtanma, chunki bu amerikaliklar qurbon bo‘lishini anglatadi».


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!