Alyaskada 1952 yildagi samolyot halokatida vafot etganlarning jasadlari topildi

Alyaskada 1952 yildagi samolyot halokatida vafot etganlarning jasadlari topildi

AQSh harbiylari 1952 yilda Alyaskada yuz bergan samolyot halokati qurbonlari qoldiqlarining yangi qismlarini topishdi, deb yozadi AP.

Olib borilgan qazishmalarda yo‘lovchilarga tegishli buyumlar: Budda haykalchasi, uchish kostyumi, bir necha uch santimetrlik pochta markalari aniqlangan.

Ma’lumot o‘rnida, Vashington shtatidan Alyaskaga uchgan C-124 Globemaster harbiy samolyoti 22 noyabr kuni Ankorij shahri yaqinidagi Gennett tog‘iga qulab tushgan. 41 yo‘lovchi va 11 ekipaj a’zosi halok bo‘lgan.

Qayd etilishicha, bugungi kunga qadar 43 kishining jasadini topishga muvaffaq bo‘lingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!