«Agar maddohlarni ko‘rsangiz, og‘izlariga tuproq sochinglar»

«Agar maddohlarni ko‘rsangiz, og‘izlariga tuproq sochinglar»

Ibn Abu Uvays otasidan, u Valid ibn Muhammad ibn Uboda ibn Somitdan, u amakisining o‘g‘li Uboda ibn Validdan rivoyat qiladi:

Uboda ibn Somit Muoviya roziyallohu anhu bilan birga edi. Bir kuni azon aytilgach, imom turib, Muoviya roziyallohu anhuni maqtab, ko‘klarga ko‘tardi. Shunda Uboda ibn Somit qo‘liga tuproq olib imomning yuziga sochdi. Muoviya bundan g‘azablandi. Uboda roziyallohu anhu unga dedi: Biz Aqabada Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga faol bo‘lsa ham, yomon ko‘rsak ham, dangasa bo‘lsa ham quloq solib, itoat qilishga, ish egasi bilan tortishmaslikka, qayerda bo‘lsak ham haqda turishga va malomatchining malomatidan qo‘rqmaslikka bay’at berganimizda sen yo‘q eding. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: Agar maddohlarni ko‘rsangiz, og‘izlariga tuproq sochinglar , deganlar , dedi .

Manba: islom.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!