Afg‘oniston harbiylari dunyoda faoliyati taqiqlangan «ISHID» jangarilarini yo‘q qilish operasiyasini boshladi…

Afg‘oniston harbiylari dunyoda faoliyati taqiqlangan «ISHID» jangarilarini yo‘q qilish operasiyasini boshladi…

Ushbu operasiya Afg‘onistonning Nangarxar viloyatida, Pokiston bilan chegaradosh hududda boshlngan. Operasiyaga Amerika harbiy kuchlari yetakchilik qilmoqda.

8 iyul kuni Amerika yetakchiligidagi afg‘on qo‘shinlari Xaska-Min uyezdida jangarilarning asosiy punktlaridan birini yo‘q qilgani haqida xabar tarqatilgan. Jangarilar Nangarxar viloyatiga qarashli shu punktdan turib Qobulga hujum uyushtirishni mo‘ljallashgandi. Demak, ularning rejasi yo‘qqa chiqdi. Xuddi o‘sha kuni Amerika qiruvchi samolyotlari dunyoda faoliyati taqiqlangan «ISHID» terror guruhi tarkibidagi «Buyuk Xuroson» deb nomlangan jangarilar guruhini ham bombardimon qilgan. Natijada 4 nafar jangari yo‘q qilingan.

Xuddi shu kichik guruh Qobulda bir nechta terror harakatlarini amalga oshirishga ham ulgurgan. Guruh a’zolari soni taxminan 2 ming kishidan iborat.

Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon aytib o‘tdiki, o‘nlab tojik millatiga mansub jangarilar Iroq va Suriyadan Afg‘onistonga o‘tib ketgani haqida ma’lumotlar bor. Ularning aksariyati xorijga pul topish niyatida borgach, turli ekstremistik yacheykalar vakillarining ta’siriga tushgan va jangari kallakesarga aylanib xunrezliklarni amalga oshirishga berilgan. Prezidentning aytishicha, jangari guruhlarning umri qisqa. Yaqin oylar ichida albatta ular Afg‘oniston harbiylarining g‘azabiga uchraydi va yer yuzidan supurib tashlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!