Adliya vazirligi Shabboz bozoridagi «samosud» hodisasini nazoratga oldi

Adliya vazirligi Shabboz bozoridagi «samosud» hodisasini nazoratga oldi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Beruniy tumanidagi «samosud» hodisasi Adliya vazirligi tomonidan nazoratga olingan. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Bu kabi holatlar takrorlanmasligi maqsadida Beruniy tuman adliya bo‘limi tomonidan joriy yil 4 avgust kuni tuman ichki ishlar bo‘limi mas’ul xodimlari bilan hamkorlikda Shabboz bozorida profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda bozorda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan tadbirkorlar va xaridorlarga bu kabi hatti-harakatlar qonunga xilof ekanligi va javobgarlikka olib kelishi mumkinligi, sodir etilgan jinoyatlar haqida zudlik bilan huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga xabar berish lozimligi to‘g‘risida tushuntirish berildi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Shabboz bozorida o‘g‘rilikda gumonlangan shaxsni qo‘lidan osib qo‘ygan fuqaroga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgani bildirilgandi.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!