A-50 samolyoti urib tushirilganidan keyin rossiyaliklar to‘rt kundan beri ularni Azov dengizida qo‘llamayapti

A-50 samolyoti urib tushirilganidan keyin rossiyaliklar to‘rt kundan beri ularni Azov dengizida qo‘llamayapti

A-50 urib tushirilgandan so‘ng, ruslar to‘rt kun davomida Azov dengizida ushbu samolyotlardan foydalanmadi, bu haqda Ukraina Qurolli kuchlari Harbiy-havo kuchlari spikeri ma’lum qildi. Uning qayd etishicha, samolyotlarning bunday yo‘qotilishi, hatto vaqtinchalik bo‘lsa ham, yaxshi belgidir, chunki shu yo‘l bilan Rossiya Ukraina radar tizimlari, havo hujumidan mudofaa tizimlari va samolyotlar haqida kamroq ma’lumot oladi.

Avvalroq Harbiy havo kuchlari vakili Rossiya samolyotlari uzoq masofalardan urib tushirilayotganini aytgan edi.

“Ular (samolyotlar – muh.) ancha uzoqda urib tushiriladi. Biz aniq masofani aytmaymiz, lekin bu juda uzoq. Ya’ni, rus uchuvchilari endi unchalik surbetlik qilmayapti, yaqin uchmayapti, boshqariladigan bomba uzoqroqqa uchishi uchun ular yaqinroq uchishi kerak, chunki bomba pastlab uchadi, o‘z dvigateliga ega emas va tezligi kamayib borib, deyarli pastlaydi. Shuning uchun rus uchuvchilari bu bombalarni uzoqroqqa otishlari uchun tavakkal qilishlari kerak. Tavakkal qilishganida esa, bugungiday voqealarga duch kelishadi”, – deydi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!