8 mart yomg‘irli o‘tadi

8 mart yomg‘irli o‘tadi

Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 8 mart kuni respublika bo‘ylab havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi.

Toshkentda yomg‘ir yog‘adi, harorat kechasi 3-5, kunduzi 13-15 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 0-5, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 2-7, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kechasi 2-7, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 3-8, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 0-5, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!