4 qurbon va umrbod qamalgan qotil – Qo‘rg‘ontepadagi mudhish jinoyat tafsiloti

4 qurbon va umrbod qamalgan qotil – Qo‘rg‘ontepadagi mudhish jinoyat tafsiloti

2023 yil 27 iyul kuni Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanida sodir bo‘lgan bu dahshatli voqeani eshitgan borki, larzaga tushdi. Ayniqsa, tumanning Ozod mahallasida yashovchilar qo‘rquv, hayrat va afsus aralash bosh chayqashardi. Negaki, o‘sha kuni mahalladagi bir oilaning 6 a’zosi xonaga qamab, tiriklayin yoqib yuborilgandi. Ularning 4 nafari halok bo‘lgan. Qotil esa begona emas.

Sudning 2024 yil 24 yanvar kungi hukmi bilan Yo‘lchiboy Manasov Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a, v, j” bandlari va 25,97-moddasi 2-qismi “a, b, v, j” bandlarida keltirilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topilgan. Unga umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Jazoni maxsus tartibli koloniyalarda, dastlabki 3 yilini esa turmaga qamash tariqasida o‘tattirish belgilangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!