230 million qarzdorlik evaziga “MALIBU-2” jarima maydoniga qo‘yildi

230 million qarzdorlik evaziga “MALIBU-2” jarima maydoniga qo‘yildi

Majburiy ijro byurosining Toshkent viloyati boshqarmasi va uning tuman-shahar bo‘limlari tomonidan bank kredit va boshqa turdagi qarzdorliklarni undirish bo‘yicha ijro hujjatlarini ijrosini ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.

Jumladan,boshqarmaning Angren shahar bo‘limi xodimlari tomonidan bo‘lim ish yurituvidagi fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan, "Kapitalbank" ATB foydasiga 230 mln. so‘m undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatida belgilangan ijro harakatlari amalga oshirildi.

Unda sud qaroriga asosan qidiruvda bo‘lgan “MALIBU-2” rusumli avtotransport vositasi shahar IIB YHXB bilan hamkorlikda xatlanib, jarima maydonchasiga qo‘yildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!