23 yoshli go‘zal bloger eri bilan falokatga uchradi. U o‘ldi

23 yoshli go‘zal bloger eri bilan falokatga uchradi. U o‘ldi

Braziliyalik go‘zallik blogeri Julia Xennessi Kayuela baxtsiz hodisa yuz berishidan biroz oldin Instagramdagi yaqinlariga xabar yuborgan. Bu haqda The Sun nashri xabar berdi.

Fojia 15 iyul kuni Braziliyaning Parana shtatida yuz berdi. Mahalliy polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, 23 yoshli bloger va uning eri minib olgan motosikl yuk mashinasi bilan katta tezlikda to‘qnashgan. Kayuela og‘ir ahvolda kasalxonaga yetkazilgan va keyinchalik u vafot etgan. Uning eri ham jiddiy jarohat olgan, u reanimasiya bo‘limida.

Voqea sodir bo‘lishidan bir necha soat oldin qiz Instagramda eri bilan birgalikda bir qator fotosuratlarni joylashtirdi. “Hayot qisqa, shuning uchun aqldan ozamiz. Sen, men, Xudo va yo‘l. Barcha orzularingiz menikidir", - deya yozgan bloger. Blogerning posti deyarli 60 ming layk to‘plagan.

Qarindoshlarining aytishicha, Kayuela to‘rt yil oldin turmush qurgan. U eri bilan motosiklda butun Braziliyani aylanib chiqib, diqqatga sazovor joylarni ijtimoiy tarmoqlarda baham ko‘rdi. Xabarlarga ko‘ra, er-xotin San-Paulu va Santa-Katarina shtatlariga tashrif buyurishni rejalashtirgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!