20 ming AQSh dollariga yer sotgan firibgar qo‘lga olindi

20 ming AQSh dollariga yer sotgan firibgar qo‘lga olindi

Qashqadaryo viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi yer resurslari talon-toroj qilinishiga qarshi kurashish bo‘linmasi, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shahrisabz tuman bo‘limi va tuman prokuraturasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Shahrisabz tumanida yashovchi fuqaro M.A. fuqaro B.I.ga tumandagi daryo muhofazasiga olingan 20 sotix yer maydonini 20 ming AQSh dollariga sotishga kelishib, shundan 200 mln. so‘mni olgan vaqtida ashyoviy-dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!