Ziroatxon Mirziyoyeva Qo‘qonda O‘zbekiston Qahramoni Lola Murotova bilan uchrashdi

Ziroatxon Mirziyoyeva Qo‘qonda O‘zbekiston Qahramoni Lola Murotova bilan uchrashdi

Xabaringiz biro, 12 sentyabr, payshanba kuni Qo‘qonda I Xalqaro hunarmandchilik festivali o‘z ishini boshlagan edi.

14 sentyabr, shanba kuni Qo‘qon shahrida I Xalqaro hunarmandchilik festivalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev so‘zga chiqib, barchani chin yurakdan qutlab, mamlakatga, ushbu anjumanga bo‘lgan katta hurmat va e’tibori uchun xorijiy mehmonlarga tashakkur izhor etdi.

Shuningdek, tadbirda Prezidentning oila a’zolari ham qatnashdi.

O‘zbekiston Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva tadbirdan olingan suratlarni ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joylashtirdi.

«Onam O‘zbekiston Qahramoni, Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanidagi ‘Nurli obod’ fermer xo‘jaligi rahbari Lola Murotova Ne’matovna bilan», — deya rasmga izoh qoldirgan Saida Mirziyoyeva.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!