Rossiyada ota-ona qaramog‘isiz qolgan yana 16 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi, deb xabar bermoqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi.
Unda aytilishicha, bugun, 5 aprel kuni tongda Rossiya Federasiyasining Sankt Peterburg shahridan O‘zbekistonning 16 nafar voyaga yetmagan fuqarosi O‘zbekiston Ichki ishlar va Sog‘liqni saqlash vazirligi xodimlari hamrohligida vatanga qaytarildi.
Bunda Sankt Peterburg va Moskvadagi O‘zbekiston konsullik idoralari bolalarni davlat fuqarosi sifatida identifikasiya qilish va ularga qaytish sertifikatlarini rasmiylashtirish bo‘yicha barcha choralarni ko‘rdi. Hozirda bolalar vaqtincha Toshkent shahar IIBB qoshidagi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirildi.
Hozirda bolalar vaqtincha Toshkent shahar IIBB qoshidagi Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirildi. Markazda ularni ota-onalari va yaqin qarindoshlari “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan oldindan tayyorlangan vasiylik hujjatlari bilan kutib olishdi. Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy yordam ularning keyingi yashash joylarida ham davom ettiriladi.
Olib kelingan 16 nafar bolalarning 11 nafari ota-onalariga, qolganlari esa vasiylik asosida qarindoshlariga topshirildi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Шенчжен халқ суди мусодара қилинган судралиб юрувчиларни аукцион орқали сотишга қарор қилди. Харидор судралиб юрувчиларни фермадан мустақил равишда олиб кетиши керак
170 миллион аҳолисининг аксарияти мусулмонлардан иборат бўлган Бангладеш Исроил билан ҳеч қандай дипломатик алоқаларга эга эмас ва расман мустақил Фаластин давлатини қўллаб-қувватлайди.
Кейинги пандемия "назарий хавф эмас балки эпидемиологик аниқлик. Бу содир бўлади ва ҳар қандай ҳолатда ҳам биз тайёр бўлишимиз керак", деди ЖССТ раҳбари.
Бу эса сперма сифатига салбий таъсир қилади. Олимлар айтишича, агар шундай давом этса, 2045 йилга бориб соғлом сперматозоидлар деярли қолмаслиги мумкин.
Буюк Британия 2025 йилда Украинага 4,5 миллиард фунт (долллардаги эквиваленти қарийб 5,8 млрд доллар) ҳарбий ёрдам юбормоқчи, деди Британия Мудофаа вазири Жон Хили.
АҚШ армиясининг истеъфодаги полковниги Даниел Девис Украина президенти Владимир Зеленский ва унинг яқин доиралари АҚШ президенти Доналд Трампга суиқасд уюштиришга алоқадор бўлиши мумкинлигини айтди . Бу ҳақда у YouTube'да гапирди .