Samarqand shahrida to‘rt nafar shaxs o‘g‘rilikka tushib, uy egasini pichoq bilan qo‘rqitdi. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi.
Keltirilishicha, 30 mart kuni Samarqand shahrida yashovchi 44 yoshli fuqaro R.D. Samarqand shahar IIO FMB 102 qisqa raqamiga murojaat qilib, bu haqda xabar bergan. U o‘z arizasida 29 mart kunidan 30 mart kuniga o‘tar kechasi noma’lum shaxslar yashash xonadoniga kirib, pichoq bilan qo‘rqitganini, uyidan 1900 AQSh dollari miqdoridagi pullarini olib ketganini ma’lum qilgan.
Ushbu holat bo‘yicha Samarqand shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan noma’lum shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismi “a” va “b” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tezkor tergov harakatlari natijasida 2 nafar 23 yoshli shaxslar jinoyatga aloqador ekani aniqlangan. Bundan tashqari, mazkur jinoyatda yana 24 yoshli fuqaro X.S. va 17 yoshli voyaga yetmagan A.F.lar ham bo‘lgani aniqlanib, barcha gumon qilinuvchilar prosessual tartibda ushlangan.
Dastlabki tergov davom etmoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Шенчжен халқ суди мусодара қилинган судралиб юрувчиларни аукцион орқали сотишга қарор қилди. Харидор судралиб юрувчиларни фермадан мустақил равишда олиб кетиши керак
АҚШ армиясининг истеъфодаги полковниги Даниел Девис Украина президенти Владимир Зеленский ва унинг яқин доиралари АҚШ президенти Доналд Трампга суиқасд уюштиришга алоқадор бўлиши мумкинлигини айтди . Бу ҳақда у YouTube'да гапирди .
"Биз фуқаролик тўғрисидаги қонунни яна ўзгартирамиз: 3 йиллик ‘турбо-фуқароликъ энди бўлмайди. Янги тартиб бўйича фақат 5 йил яшагандан сўнг фуқаролик берилади," – деди сиёсатчи.