"Bitsevskiy manyak" nomi bilan tanilgan seriyali qotil Aleksandr Pichushkin umrbod qamoq koloniyasida 17 yil o‘tirganidan so‘ng yana 11 ta ochilmagan qotillik bo‘yicha ko‘rsatma berishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda FSIN matbuot byurosi ma’lumotiga asoslanib, TASS xabar bermoqda.
Seriyali qotil Aleksandr Pichushkin 48 kishini o‘ldirishda aybdor deb topilgan, ammo u o‘zi 60 tagacha odam o‘ldirganini va bu raqamni shaxmat taxtasidagi kataklar soni bo‘yicha 64 taga yetkazmoqchi bo‘lganini ta’kidlagan. U birinchi qotillikni 1992 yilda, hali talaba paytida sodir etgan. 2001 yildan keyin esa muntazam ravishda, asosan Moskvaning Bitsevskiy bog‘ida qotilliklar sodir eta boshlagan.
Qurbonlar orasida keksalar, uysizlar, ichkilikbozlar, shuningdek, tasodifiy tanishlar bo‘lgan. Ko‘pincha u qurbonlarining boshiga urgan, ba’zida esa o‘ldirib, keyin jasadlarni kanalizasiya quvurlariga tashlagan yoki butalar orasiga yashirgan. Ba’zi qurbonlar o‘ta shafqatsizlik bilan o‘ldirilgan - tergovchilar o‘lim sababini darhol aniqlay olmasligi uchun manyak shishalarni ularning bosh chanog‘ida qoldirgan.
Pichushkin 2006 yil iyunda shaxsan tanish bo‘lgan so‘nggi qurboni - bir ayolni o‘ldirgandan so‘ng hibsga olingan. Ayol o‘g‘liga Pichushkin bilan sayrga chiqayotganini aytgan va uning telefoni Bitsa hududidagi oxirgi joylashuvni ko‘rsatgan. 2007 yil oktyabrda Moskva shahar sudi uni umrbod qamoq jazosiga hukm qildi. Qotil hozirda "Qutb boyqushi" nomli qamoqxonada (Yamal-Nenes avtonom okrugida) jazosini o‘tamoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Шенчжен халқ суди мусодара қилинган судралиб юрувчиларни аукцион орқали сотишга қарор қилди. Харидор судралиб юрувчиларни фермадан мустақил равишда олиб кетиши керак
Ахборот агентликлари маълумотларига кўра, АҚШ ва Эрон ўртасида Теҳроннинг ядро дастури юзасидан олиб борилган музокаралар икки соатдан ортиқ давом этгач, якунига етган.
170 миллион аҳолисининг аксарияти мусулмонлардан иборат бўлган Бангладеш Исроил билан ҳеч қандай дипломатик алоқаларга эга эмас ва расман мустақил Фаластин давлатини қўллаб-қувватлайди.
Кейинги пандемия "назарий хавф эмас балки эпидемиологик аниқлик. Бу содир бўлади ва ҳар қандай ҳолатда ҳам биз тайёр бўлишимиз керак", деди ЖССТ раҳбари.
Бу эса сперма сифатига салбий таъсир қилади. Олимлар айтишича, агар шундай давом этса, 2045 йилга бориб соғлом сперматозоидлар деярли қолмаслиги мумкин.
Буюк Британия 2025 йилда Украинага 4,5 миллиард фунт (долллардаги эквиваленти қарийб 5,8 млрд доллар) ҳарбий ёрдам юбормоқчи, деди Британия Мудофаа вазири Жон Хили.
АҚШ армиясининг истеъфодаги полковниги Даниел Девис Украина президенти Владимир Зеленский ва унинг яқин доиралари АҚШ президенти Доналд Трампга суиқасд уюштиришга алоқадор бўлиши мумкинлигини айтди . Бу ҳақда у YouTube'да гапирди .