Sel kelish xavfi yuzaga kelganda aholi uchun eslatma berildi

Sel kelish xavfi yuzaga kelganda aholi uchun eslatma berildi

Sel - katta miqdorda tog‘ toshlari, qum va tuproq jinslari bilan birgalikda tog‘dan oqib tushuvchi suv oqimi bo‘lib, muntazam jala quyishi (85 foiz holatlarda), tog‘ qorlarining erishi (4 foiz hollarida), tog‘ suv havzalari, suv omborlari, muzlagan suv havzalari qirg‘oqlarining o‘pirilib ketishi (1,3 foiz hollarida) va boshqa sabablar (9,7 foiz hollarda) olib kelishi mumkin.

Katta hajmga va yuqori tezlikka ega bo‘lgan sel oqimi, yo‘lidagi barcha binolarni, aholi yashaydigan uylarni, gidrotexnik inshootlarni buzib, qishloq xo‘jalik ekinlarini, bog‘larni payhon qiladi. Odamlar va hayvonlarni nobud qiladi.

O‘zbekiston hududidagi barcha tog‘ va tog‘ oldi hududlari sel xavfi bo‘lgan zonalarga kiritilgan. Respublikaning Namangan (19 foiz), Farg‘ona (14 foiz), Surxondaryo (13 foiz), Toshkent (12 foiz), Samarkand (12 foiz) va Qashqadaryo viloyatlari (12 foiz) hududlari suv toshqini-sel xavfi mavjud hududlardan hisoblanadi.

Sel oqimi vujudga kelishi aprel va may oylariga to‘g‘ri keladi, bu davrda tog‘ va tog‘ oldi hududlarida ko‘p yomg‘ir yog‘ishi kuzatilgan.

Sel xavfi bo‘lganda aholining harakati bo‘yicha tavsiyalar

Sel xavfi bo‘lgan hududlarda yashovchi har bir kishi uning uyi, xo‘jaligini sel kelish hududida joylashganligi haqidagi ma’lumotga ega bo‘lishi kerak va O‘zgidromet, FVV/FVB, hokimiyatlar vakillari tomonidan berilgan ko‘rsatmalardagi sel va suv toshqinidan himoya qilish yo‘l-yo‘riqlariga albatta amal qilishi lozim.

Sel oqimining o‘tishi va uning oqibatlari katta moddiy zarar keltirib, odamlar hayot va sog‘lig‘iga xavf tug‘dirishi mumkin (sel oqibatida odamlarning qurbon bo‘lganligi bir necha marta qayd qilingan).

Sel oqimlaridan faqat qochib qutilish mumkin. Sel xavfi to‘g‘risida habar eshitgandan so‘ng darhol xavfsiz joyga ko‘chish harakatlarini qilish kerak. Sel oqimining tez fursatda shakllanishi, uning tezligini hisobga olgan holda, xabar tarqatish va muhofaza tadbirlarini bajarish uchun vaqt juda chegaralanganligini (bir necha daqiqadan 10-20 daqiqagacha bo‘lishi mumkin) doimo yodda tutish lozim.

Sel oqimidan xalos bo‘lishning iloji bo‘lmasa, balandroq tepalik ustiga, daraxtga yoki biror balandroq moslamalar ustiga chiqish kerak. Odatda sel 3-5 soat vaqt davom etishi mumkin.

Sel oqimi o‘tgandan so‘ng devor va ustunlarning holatini, gaz, elektr va suv ta’minotining sozligini tekshirish zarur.

Sel oqibatlarini kamaytirish bo‘yicha o‘tkaziladigan tadbirlar

Doimo sel-suv toshqini ro‘y berishi ehtimol bo‘lgan hududlarda joylashgan uy-joylar va boshqa ob’ektlar ro‘yxati aniqlanib turiladi, aholi va ob’ektlarni muhofaza qilish uchun o‘tkaziladigan tadbirlarning yo‘l-yo‘riqlari ko‘rsatilgan tegishli tavsiyanomalar tarqatiladi.

Sel oqimi xavfi bo‘lgan hududlarda ishlab chiqarish muassasalari va uy-joylarini ishonchli muhofaza inshootlari bo‘lmagan hamda O‘zgidromet bilan kelishilmagan holda qurish qat’iyan man etiladi.

Sel xavfi yuzaga kelganda kuzatuv va xabar berish xizmati tashkil etiladi.

Quyidagi agrotexnik tadbirlar amalga oshiriladi: yonbag‘irlarda yerga ko‘ndalangiga ishlov berish, tog‘ yonbag‘irlarini pog‘ona-pog‘ona qilish, tog‘ adirlarida suv yo‘llari ochish, yer haydalib ekiladigan ekinlarni ekishga yo‘l qo‘ymaslik, yemirilishga qarshi tadbirlarni amalga oshirish, daryo o‘zanlari, tog‘ adirlarida o‘rmonchilikni tashkil etish va ularni saqlash.

Sel omborlari, selni ushlab turuvchi, selni boshqaruvchi va selga qarshi gidrotexnik inshoot, selxonalarni qurish ishlari amalga oshiriladi.

Gidrometeorologik hodisalarni kuzatish va nazorat qilish O‘zgidromet va uning bo‘linmalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi huzuridagi sel-toshqin va qor ko‘chkilari ehtimoli mavjud zonalarni aniqlash, tekshirish va dala kuzatishlar yo‘li bilan amalga oshiriladi.

Ko‘p yillik kuzatishlar mobaynida O‘zbekiston hududida sel toshish ehtimoli aprel-iyun oylarida bir muncha faollashuvi qayd etilgan va sodir bo‘lgan hodisalar quyidagicha taqsimlangan: aprel oyida 30 foiz, may oyida 36 foiz, iyun oyida 14 foiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Oilalarga 75 000 000 so‘mgacha foizsiz qarz beriladi

Мазкур маблағлар Камбағалликни қисқартириш давлат мақсадли жамғармаси томонидан ажратилади.

Cho‘ntakka zarba: Go‘sht narxi “uchib ketdi” – O‘zbekistonda mart oyida 9,1% oshdi!

Ўзбекистонда инфляция янада кучайди – йиллик кўрсаткич 10,3% га етди!

Eron oltita davlatni ogohlantirdi

Шунингдек, Эрон қуролли кучлари юқори жанговар шай ҳолатга келтирилди

Krishtianu Ronaldu o‘zining birinchi futbol klubini sotib olmoqchi

Агар "Валенсия" мавсум якунларига кўра Ла Лигани тарк этмаса, харид амалга ошиши мумкин.

TEZKOR AXBOROT: O‘zbekistonning ba’zi hududlarini suv bosishi mumkin

4-7 апрель кунлари ёмғирлар бошланади – сел ҳудудлари эълон қилинди!

Quvayt endi Eronga oshkora va’da berdi

Эрон президенти Масъуд Пезешкиан чоршанба куни тушда Қувайт амири Наваф Ал-Аҳмад Ал-Жобир Ас-Сабоҳ билан телефон орқали суҳбатлашди

Chernobil hayvonlarida kutilmagan superqobiliyatlar aniqlandi

Олимлар бундан радиация нафақат тирик мавжудотларни йўқ қилиши, балким уларнинг организмида кутилмаган эволюция жараёнларни қўзғатиши ҳам мумкин, деган хулосага келишмоқда.

Shov-shuv! Xitoy dengiz ostida 100 million tonna neft topdi!

Денгиз тубида катта бойлик! CNOOC тарихий нефть кашфиётини эълон қилди!

Endilikda 11,25 mln so‘mdan yuqori pul o‘tkazmalari qat’iy nazoratda bo‘ladi

Бу ҳақда Марказий банк ва Бош прокуратура ҳузуридаги Иқтисодий жиноятларга қарши курашиш департаменти қарор қабул қилди.

Rossiyaning urush mashinasi tezlashmoqda

Россия ўз ҳарбий салоҳиятини таҳлилчилар башорат қилганидан ҳам тезроқ оширмоқда.

Krishtianu Ronaldu nima uchun Jorjinaga uylanmayotganligini tushuntirdi

Саудия Арабистонининг "Ан-Наср" клуби шарафини ҳимоя қилаётган жаҳон футболи юлдузи Криштиану Роналду севгилиси Жоржина Родригес билан муносабатларини нега ҳалигача расмийлаштирмагани ҳақида гапирди.

"Turk yigitlari ruslardan ayollarini tortib olmoqda"

"Россия фахрийлари" турк сериалларига қарши кураш бошлади.

Rossiya aeroportida o‘zbekistonliklar qo‘lga olindi

Ҳозирда уларга нисбатан жиноят иши қўзғатилган.

Surxondaryoda pomidorni shpaklyovkaga "aylantirishdi"

Олиб борилган тезкор тадбирлар давомида аниқланишича, транзит тартибида қўшни давлатга чиқиб кетиши лозим бўлган 20 тоннадан зиёд помидор ноқонуний равишда Термиз туманидаги омборлардан бирига тушириб қолдирилган.

Putinga Ukrainadan "qo‘ng‘iroq qilishdi"

Россия президенти Владимир Путинга Украинадан одамлар "яширин тарзда" қўнғироқ қилган.

Hindistonlik amaldor Buxorodagi mehmonxonadan o‘lik holda topildi

Расмийларга кўра, 4 апрелдан буён Бухоро шаҳрида бўлган ва юрак хуружидан вафот этганликда гумон қилинмоқда.

Latviya Ulug‘ Vatan urushi qurbonlariga "urush" e’lon qildi

Бу ҳақда Россия Ташқи разведка хизмати маълум қилди.

Rossiya Ukrainadagi urush boshlanganidan beri Yevropadan kuchliroq bo‘lib qoldi

Россия Украинадаги уруш бошланганидан бери Европадан кучлироқ бўлиб қолди — деб ёзади Германиянинг Die Welt нашри.

Janubiy Koreya KXDR askarlariga qarata o‘t ochdi, sababi...

Бу ҳақда "Рёнхап" хабар бермоқда.

NATO Xitoyning harbiy salohiyatidan hayratda

Бу ҳақда НАТО бош котиби Марк Рютте Japan Times билан суҳбатда маълум қилди.

AQSh Oliy sudi Trampga muhojirlarni deportasiya qilishga ruxsat berdi

АҚШда муҳожирлар хавф остида. Олий суд Трампнинг талабини қондирди.

Dunyo yana xavf ostidami? JSST 'yangi pandemiya' haqida jiddiy ogohlantirdi

"Кейинги пандемия муқаррар!" – ЖССТ огоҳлантируви барчани ҳушёрликка чорлаяпти.

Andijonda “Zil” tormozi ishlamay qolib, uyni buzib yubordi

Вилоят ЙҲХБга кўра, бугун соат 13:10 ларда Асака туманида иккинчи даражали йўлда ҳаракатланаётган “Зил ММЗ” юк машинаси тормоз тизимидаги носозлик сабабли йўл четидаги уйга бориб урилган.

Toshkentda do‘kon yonib ketdi

Шунга кўра, ёнғин-қутқарув экипажлари айтилган манзилга соат 07:47 да етиб бориб, ёнғин соат 07:57 да ўчирилди.

Nigeriya shimolida qurolli shaxslar tomonidan uyushtirilgan hujumda 52 kishi halok bo‘ldi

Плато штати узоқ вақтдан бери деҳқонлар ва чорвадорлар ўртасидаги кескинлик ва даврий тўқнашувлар ҳудуди бўлиб келган.

Andijonda pul evaziga fuqarolarni Rossiya-Ukraina urushiga yollashga uringan taksichi qamaldi

Андижон шаҳрида таксичилик қилувчи шахс Россия фуқароси билан тил бириктириб, ўзбекистонликларни Россия-Украина урушига ёллашга уринган.

Ilon Maskning milliarder bo‘lishiga yo‘l ochgan to‘qqizta kitob ro‘yxati e’lon qilindi

Илон Маскнинг миллиардер бўлиши учун таъсир кўрсатган тўққизта китоб эълон қилинди деб хабар бермоқда akpars.ru.портали.

Donald Tramp Xitoyga bir kun muhlat berdi

Доналд Трамп 9 апрел кунидан бошлаб Хитой товарларига қўшимча божлар жорий этиш билан таҳдид қилди Унинг айтишича, бу Вашингтоннинг Хитой импортига божларни ошириши сабаб Пекин томонидан жорий қилинган АҚШ импортига қўшимча 34 фоизлик божларга жавоб бўлади.

Ukraina urushi, 7 aprel holati: Xarita Rossiyaning front chizig‘idagi yutuqlari kamayib borayotganini ko‘rsatmoqda

Москва Украина ҳудудининг тахминан бешдан бир қисмини назорат қилмоқда. Россиянинг ютуқлари жуда кўп қурбон эвазига қийинчилик билан қўлга киритилди.

Eron radar tizimlarini joylashtirmoqda

1000 км масофада таҳдидларни кўради – Эрон Ghadir радарларини фаоллаштирмоқда.

G‘azoda homiladorlik "qo‘rquv soyasida" - JSST

Исроилнинг вахшиёна тажовузи яна қанча давом этади? Янги туғилган чақалоқларнинг тахминан 20 фоизи муддатидан олдин, кам вазнли ёки асоратлар билан туғилмоқда ва топиш қийин бўлган юқори даражадаги парваришга муҳтож бўлмоқда.

Yaponiyada tibbiy yordam vertolyoti dengizga qulab tushdi

Ҳодиса оқибатида 86 ёшли бемор, унинг 68 ёшли қариндоши ва 34 ёшли шифокор ҳалок бўлган.

Tramp vaziyat yomonlashsa, qizamiqga qarshi chora ko‘rishga va’da berdi

Бу ҳақда АҚШ президенти Доналд Трамп Оқ уй матбуот ҳавзаси журналистлари билан суҳбатда маълум қилган.

AQSHDA qassob pichog‘i bilan bolalarga hujum qildi

Бу ҳақида Ҳисобот New York Post расмийларга таяниб хабар бермоқда.

Myanmadagi zilzila qurbonlari soni 3500 dan oshdi

Бу ҳақда Хитой марказий телевиденияси хабар берди.

Isroilning G‘azoga bergan zarbalari tufayli kamida 43 kishi halok bo‘ldi

Бу ҳақда телеканал хабар берди Ал-Жазира манбаларга асосланиб.

Germaniyaning Duysburg shahrida tahdidlar tufayli barcha maktablar yopiladi

Бу ҳақда газета ёзмоқда Расмий маҳаллий полицияга таяниб.

Saudiya Arabistoni va AQSh hutiylarga qarshi operasiya tayyorlamoqda

Бу ҳақда CNN манбаларга таяниб хабар берди.

Parijda Marin Le Penni qo‘llab-quvvatlash uchun minglab odamlar namoyishga chiqdi

Бу ҳақда маҳаллий ОАВга таяниб, “Репорт” хабар берди .

Xitoy olimlari Osiyoda yangi zilzilalar xavfidan ogohlantirmoqda

Бу ҳақда South China Morning Post хабар бермоқда