AQSh armiyasi shaxsiy tarkibi sonini 90 ming kishiga qisqartirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

"Qo‘shma Shtatlar armiyadagi harbiy xizmatchilarning umumiy sonini 360 ming kishigacha kamaytirishi mumkin", deya xabar qilmoqda Military. com sayti manbalariga tayanib.
Nashrga ko‘ra, bu chora-tadbirlar byudjet cheklovlari va harbiy kuchlarni yangi tahdidlarga, ayniqsa Tinch okeani mintaqasidagi vaziyatga moslashtirishga qaratilgan strategik qayta tuzilish bilan bog‘liq. Ushbu hududda Xitoy asosiy tahdid sifatida ko‘rilmoqda.
Qisqartirishlar allaqachon boshlangan, ya’ni o‘tgan yili terrorizmga qarshi kurash operasiyalari bilan bog‘liq 24 mingga yaqin lavozim tugatilgan.
Pentagon amaldorlaridan biri kadrlarni saqlab qolish strategiyasining yo‘qligi malakali mutaxassislarning bu sohadan ketishiga olib kelishi mumkinligidan xavotir bildirmoqda. Bu ayniqsa, ko‘pchilikda armiyadan tashqarida muqobil ish imkoniyatlari mavjud bo‘lgan sharoitda amalga oshmoqda.
Fox News telekanalining xabar berishicha, AQSh Mudofaa vaziri Pit Hegset Pentagon byudjetini 8 foizga qisqartirishga intilmoqda, Shu bilan birga armiya e’tiborni Yevropa yo‘nalishidan terrorizmga qarshi vazifalarga yo‘naltirmoqda.
Pentagon vakillari esa AQSh armiyasi "yanada ixcham, yuqori texnologiyali va harakatchan" bo‘lishini ta’kidlamoqda.