Yurtimizda hafta davomida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

A A A
Yurtimizda hafta davomida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Hafta davomida O‘zbekiston bo‘ylab yoz oylarining o‘rtasi uchun o‘rtacha havo harorati kutilmoqda. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, havo harorati kechalari 18-23 daraja, kunduz kunlari 32-37 daraja, janubda 40-42 darajagachani tashkil etadi.

Respublika hududining katta qismida, asosan, yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat ayrim kunlarda O‘zbekistonning tog‘oldi va tog‘li hududlarida, shuningdek, 13 iyulda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

13-15 iyulda Respublikaning ayrim hududlarida shamolning tezligi 15-20 m/s gacha mahalliy kuchayishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!