Yozda oftob urishidan himoyalanish uchun muhim tavsiyalar

Yozda oftob urishidan himoyalanish uchun muhim tavsiyalar

Oftob urishinig asosiy belgilari:

- kuchli bosh og‘rig‘i;

- terlashning to‘xtashi, teri quruq va qizargan bo‘lishi;

- tez va kuchli yurak urishi;

- tez-tez nafas olish;

- o‘tkir nafas qisishi;

- bosh aylanishi;

- qusish yoki ko‘ngil aynishi.

Og‘ir holatlarda esa bemorda alahsirash kuzatiladi. Tana harorati, hatto, 41-42 darajagacha ko‘tarilishi, chuqur behushlik holati kuzatilishi mumkin.

Bemorni, eng avvalo, salqin joyga o‘tkazish lozim. So‘ng gorizontal holda yotqizilib, oyoqlarini sal ko‘tarish, kiyimlarini yechish, yuzini sovuq suvda yuvish va xo‘l matoni yurak sohasiga qo‘yish kerak. Shuningdek, unga salqin ichimlik yoki qatiq ichirish va zudlik bilan shifokorga murojaat qilish lozim. Sababi quyosh urgan insonga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish zarur.

Oftob urishining oldini olish uchun tavsiyalar:

-kuniga 3 litr suyuqlik ichish;

-to‘g‘ri tushadigan quyosh nurlaridan saqsanish,

-quyosh nuridan himoyalovchi kremlar, ko‘zoynaklar hamda soyabonlardan foydalanish v.h.k.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!