Yil yakuniga qadar 6 ta yirik quyosh elektr stansiyasi ishga tushiriladi

Yil yakuniga qadar 6 ta yirik quyosh elektr stansiyasi ishga tushiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 21 fevralda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

Respublikada “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish uchun qulay sharoitlarni yaratish va “yashil energiya” manbalari salmog‘ini oshirish maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshiriladi.:

Xususan, 2024 yil 1 aprelga qadar “yashil energiya” sertifikatlari aylanmasi bozor tamoyillari asosida yo‘lga qo‘yilishi ta’minlanadi.

Xalqaro issiqxona gazi savdosi bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish tartibi tasdiqlanadi.

2024 yil 1 apreldan boshlab iqlim o‘zgarishi sohasida monitoring, hisobot berish va tekshirishning zamonaviy tizimi va ma’lumotlar bazasi bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yilmoqda.

Shuningdek, 2024 yil yakuniga qadar xorijiy investorlar ishtirokida Toshkent, Qashqadaryo, Buxoro, Namangan va Navoiy viloyatlarida umumiy quvvati 2 700 MVt bo‘lgan 6 ta yirik quyosh elektr stansiyalarini ishga tushiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!