Yil boshidan buyon 56 jurnalist kasbiy faoliyati tufayli o‘ldirilgan

Yil boshidan buyon 56 jurnalist kasbiy faoliyati tufayli o‘ldirilgan

2018 yilning to‘qqiz oyi davomida butun dunyoda 56 nafar jurnalist kasbiy faoliyati sababli o‘ldirilgan, deb yozadi «Korrespondent.net» «Chegara bilmas muxbirlar» xalqaro tashkilotiga tayanib.

Ta’kidlanishicha, butun 2017 yil mobaynida 55 kishi o‘ldirilgan.

2018 yil boshidan buyon halok bo‘lganlarning yarmidan ko‘pi harbiy nizolar zonalarida o‘lgan. Eng ko‘p jurnalistlar Afg‘onistonda (13 kishi), Yamanda (5 kishi), AQShda (6 kishi) va Meksikada (6 kishi) o‘ldirilgan.

«Chegara bilmas muxbirlar» tashkilotining bosh kotibi Kristof Deluarning ma’lum qilishicha, statistika jurnalistlar himoyasi bo‘yicha choralar ko‘rish uchun shoshilinch zarurat borligini ko‘rsatmoqda. U BMT bosh kotibining shu masalalar bilan shug‘ullanuvchi maxsus vakili lavozimini ta’sis etishga chaqirdi.

Manba: daryo. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!