Yaqin Sharqdagi mojaro haqida so‘nggi soatlarda nimalar ma’lum?

Yaqin Sharqdagi mojaro haqida so‘nggi soatlarda nimalar ma’lum?

- Eronning Isroilga hujumlari to‘lqini pasaya boshladi, hujum taxminan besh soat davom etdi, deya xabar berdi CNN.

- Isroilda bombadan saqlanish boshpanalarida qolish zarurati bekor qilindi. Eronning raketalar va dronlari hujumidan keyin aholiga boshpanalarni tark etishga ruxsat berilgan.

- Eronning Isroilga hujumidan so‘ng 31 kishiga tibbiy yordam ko‘rsatildi, deya xabar berdi "Magen David Adom" Isroil tibbiyot xizmati.

- Eron zarbasidan Isroilga yetkazilgan zarar, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, “nisbatan kichik bo‘lgan”, deb yozdi The New York Times.

- AQSh prezidenti Bayden Isroilga qarshi hujumlar Eron, Yaman, Suriya va Iroq hududlaridan amalga oshirilganini va Isroil Eron tomonidan uchirilgan deyarli barcha raketa va uchuvchisiz uchoqlarni urib tushirishga muvaffaq bo‘lganini aytdi. Uning ta’kidlashicha, G7 yetakchilari yakshanba kuni Eron hujumiga muvofiqlashtirilgan diplomatik javob choralarini muhokama qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!