Yaponiyaning sobiq bosh vaziriga jinoiy ish ochilmaydigan bo‘ldi

Yaponiyaning sobiq bosh vaziriga jinoiy ish ochilmaydigan bo‘ldi

Tokio prokuraturasining maxsus tergov guruhi mamlakatning sobiq bosh vaziri Sindzo Abe bilan suhbat o‘tkazdi va ko‘plab matbuot xabarlariga qaramay, uni saylovchilarga pora berganlikda va siyosiy mablag‘lar to‘g‘risidagi qonunni buzganlikda ayblash uchun asos yo‘q degan xulosaga keldi. Bu haqda Yomiuri xabar berdi.

Shu bilan birga, soddalashtirilgan prosedura bo‘yicha ayblov 2012 yil dekabridan 2020 yil sentyabrigacha mamlakat hukumatini boshqargan 66 yoshli sobiq bosh vazirning katta kotibiga chiqarilishi mumkin.

Xususan, Abening bosh kotibi (sobiq) bosh vazir tarafdorlari uchun 2013 yildan 2019 yilgacha mehmonxonalardan birida ziyofatlar o‘tkazishda siyosiy mablag‘lar to‘g‘risidagi qonunni buzganlikda ayblanmoqda. Ziyofat qatnashchilari yegulik uchun pul to‘lashar edi, ammo yig‘ilgan mablag‘ yetarli bo‘lmagani uchun Abening mablag‘laridan, tegishli hujjatlarsiz, ziyofatga ajratilar edi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2015 yildan beri kamida 40 mln iyena (387 ming dollardan ortiq) miqdorida mablag‘ jamg‘armadan noqonuniy ishlatilgan. Ayblanovchining aybi topilsa, unga 5 yil qamoq jazosi yoki 1 mln iyena (9,7 ming dollar) jarima solinadi. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!