Yaponiyada “o‘lim detektori” bilan jihozlangan uylar ijaraga berila boshlandi

Yaponiyada “o‘lim detektori” bilan jihozlangan uylar ijaraga berila boshlandi

“Kodokusi” atamasi Yaponiyada ommalashib bormoqda. U yolg‘izlikda vafot etish degan ma’noni anglatadi.

Ayrim hollarda marhumning jasadi haftalab uyida qolib ketadi, chunki mamlakatda yolg‘izlik har kimning shaxsiy huquqi sanaladi va uni buzishga hech kimning xaqqi yo‘q.

Mamlakatda yolg‘izlikda vafot etayotganlar muammosi paydo bo‘lganini yapon tilida shu ma’noni anglatuvchi kamida uchta so‘z ("kodokusi", "korisusi" va "dokkyosi") borligidan ham bilsa bo‘ladi.

Yolg‘izlikda vafot etayotganlar, avvalo, turar-joy ijarasi bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar uchun katta muammolarni tug‘diradi. Chunki bunday uylar narxi 10-20 foizga tushib ketadi, buning ustiga uyni ta’mirlash xarajatlarini ham kompaniya o‘z zimmasiga oladi.

Shuning uchun ham ko‘plab kompaniyalar yolg‘iz odamlarga uy berishni to‘xtatib qo‘ydi. Ammo muammoning yechimi sifatida rieltorlik agentliklaridan biri yolg‘iz qariyalarga “o‘lim detektori” bilan jihozlangan uylarni ijaraga berishni boshladi. U elektr quvvati sarfini hisoblaydi.

Taxminan bir sutka davomida odatiy xarajat grafigida o‘zgarishlar bo‘lsa, tizim uy egasiga qo‘ng‘iroq qiladi. Agar javob bo‘lmasa, ijaraga beruvchiga xat yuborib, uyni tekshirishni so‘raydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!