Yangi vabo: "qora o‘lat"dan qanday saqlanish mumkin?

Yangi vabo: "qora o‘lat"dan qanday saqlanish mumkin?

Xitoy va Mo‘g‘ulistonda qora o‘lat tarqalishi holati qayd etildi. Bu kasallik bo‘yicha taniqli shifokor Aleksandr Myasnikov Instagram’da munosabat bildirdi.

Shifokor "qora o‘lim" Yevropa aholisining uchdan bir qismi - 28 million odamlarning o‘limiga sabab bo‘lganini eslatdi.

Doktor Myasnikov bunday yuqumli kasalliklar hech qayerga yo‘qolib ketmasligini ta’kidladi. Hayvon va odamlarning qora o‘latga chalinish holatlari 16 ta mamlakatda, jumladan AQSh va Markaziy Osiyo mamlakatlarida qayd etiladi.

Nafaqat hayvon-tashuvchilaridan, balki "kasal odamdan ham yuqtirish mumkin - ayniqsa o‘latning o‘pka shaklida bo‘lsa - yo‘talayotganda yoki aksirish paytida yaqin masofada yuqtirib olish mumkin".

O‘lat qayd etilgan joylarda it va mushuklarni tegish mumkin emas, burga-tashuvchilardan xalos bo‘lish uchun insektisidlar juda yaxshi yordam beradi.

O‘lgan kemiruvchilarni ham qo‘l bilan ushlash mumkin emas: ba’zi sayyohlar skeletlarni - yodgorlik sifatida olishni yaxshi ko‘rishadi.

Shifokor bemordan yuqtirish xavfi bo‘lsa, profilaktika maqsadida darhol "Doksisiklin" yoki "Sipro" antibiotiklarini qabul qilishni tavsiya qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!