Yamanda mamlakat mudofaa vaziriga suiqasd uyushtirildi

Yamanda mamlakat mudofaa vaziriga suiqasd uyushtirildi

Yamanning tan olingan hukumati mudofaa vaziri Muhammad Ali al-Maqdashiyga nisbatan suiqasd uyushtirildi. Bu haqda mamlakat axborot vazirining maslahatchisi Muxtor ar-Raxbiy Twitter sahifasida ma’lum qildi.

"Yaman mudofaa vaziri sharqiy frontga safari chog‘ida avtomobili minada portlashi vaqtida omon qoldi. Uning hamrohlari orasida halok bo‘lganlar va yaralanganlar bor", - deb yozdi ar-Raxbiy.

"Al-Jazira" telekanalining xabar berishicha, suiqasd Maarib viloyati g‘arbida yuz bergan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mina portlashi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!