Yakkasaroy tumanida tadbirkorning 146,7 mln so‘mlik mulkini o‘zlashtirgan mutaxassis aniqlandi

Yakkasaroy tumanida tadbirkorning 146,7 mln so‘mlik mulkini o‘zlashtirgan mutaxassis aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yakkasaroy tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro S.R. “U.M.” MCHJning mahsulotlarni qabul qilish va tayyorlash bo‘limi mutaxassisi vazifasida ishlab kelib, tanishi A.T. bilan 9 turdagi texnika mahsulotlarining shtrix kodini qalbaki mahsulotlarning shtrix kodiga o‘zgartirib, yaqin qarindoshlari nomiga ochilgan profillar orqali umumiy qiymati 146,7 mln so‘mlik mahsulotlarni 17,8 mln so‘mga sotib olishib, tadbirkorning mulkini talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!