XVI asrga oid madrasaning ichki qismiga o‘zboshimchalik bilan hojatxona qurilgan

XVI asrga oid madrasaning ichki qismiga o‘zboshimchalik bilan hojatxona qurilgan

Prokuratura organlari tomonidan Madaniy meros agentligi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida:

Toshkent shahridagi “U.M.” jamoat fondi mansabdor shaxslari tomonidan Chilonzor tumanidagi XVI asrga oid Abdulqosim Eshon madrasasi arxitektura yodgorligi ichki qismiga o‘zboshimchalik bilan hojatxona qurilishi va kommunikasiya tarmoqlari o‘tkazilishi oqibatida yodgorlikka 65,6 mln. so‘m zarar;

MCHJ rahbari O.A. va boshqalar tomonidan Namangan shahridagi XIX asrga oid “Sirli masjid” arxitektura yodgorligining qadimiy ganchkor uslubdagi kirish darvozasi va minorasi to‘liq buzib tashlanib, yodgorlikka 554,4 mln. so‘m zarar;

fuqaro M.K. tomonidan Andijon shahridagi XX asrga oid Yunusxoji masjidi arxitektura yodgorligining 113,7 m3 qismi buzib yuborilib, yodgorlikka 801,5 mln. so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlangan.

Aniqlangan holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!