Xorijiy davlatga yuborishni va’da qilgan shasxning yonidan qalbaki 8 400 AQSh dollari chiqdi

Xorijiy davlatga yuborishni va’da qilgan shasxning yonidan qalbaki 8 400 AQSh dollari chiqdi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tuman bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida “L.” nomli "Hostel" oldida o‘tkazilgan tezkor tadbirda xorijiy davlat fuqarosi M.S. firibgarlik yo‘li bilan o‘zganing mulkini qo‘lga kiritish maqsadida, fuqaro Z.A.ni Angliya davlatiga borishi uchun 850 AQSh dollariga viza olib berishini aytib, shundan 350 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Bundan tashqari, M.S.ning yonidan o‘tkazish maqsadida saqlab kelingan 84 dona 100 AQSh dollalarik kupyuradagi qalbaki 8 400 AQSh dollari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!