Xorijdagi vatandoshlar diqqatiga! O‘zbekiston yana 20 ta charter reysni amalga oshiradi (+jadval)

Xorijdagi vatandoshlar diqqatiga! O‘zbekiston yana 20 ta charter reysni amalga oshiradi (+jadval)

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi yaqin ikki hafta davomida xorijdagi vatandoshlarni O‘zbekistonga olib kelish uchun yana 20 ta charter reysni amalga oshiradi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati «Daryo»ga ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, reyslar 8—21 iyun kunlari oralig‘ida tashkil etiladi.

Reyslar jadvali quyidagicha:

8—14 iyun:

  • 8 iyun. Toshkent—Moskva—Toshkent;
  • 9 iyun. Toshkent—Seul—Toshkent;
  • 9 iyun. Toshkent—Moskva—Toshkent;
  • 11 iyun. Toshkent—Novosibirsk—Toshkent;
  • 12 iyun. Toshkent—Moskva—Toshkent;
  • 12 iyun. Toshkent—Istanbul—Toshkent;
  • 13 iyun. Toshkent—Moskva—Toshkent;
  • 14 iyun. Toshkent—Dubay—Toshkent.

Ushbu haftada Rimga ham reys qo‘yilishi kutilmoqda, bu haqda keyinroq e’lon qilinadi.

15−21 iyun:

  • 15 iyun. Toshkent—Moskva—Toshkent;
  • 15 iyun. Toshkent—Istanbul—Toshkent;
  • 16 iyun. Toshkent—Tel-Aviv—Toshkent;
  • 16 iyun. Toshkent—Dubay—Toshkent;
  • 17 iyun. Toshkent—Moskva—Toshkent;
  • 19 iyun. Toshkent—Istanbul—Toshkent;
  • 19 iyun. Toshkent—Moskva—Toshkent;
  • 19 iyun. Toshkent—Istanbul—Toshkent;
  • 20 iyun. Toshkent—Qozon—Toshkent;
  • 21 iyun. Toshkent—Moskva—Toshkent»;
  • 21 iyun. Toshkent—Ekaterinburg—Toshkent.

Ma’lumotlarga ko‘ra, oxirgi bir oyda 32 ta charter reys orqali 8 mingga yaqin, chegara postlari orqali 20 mingdan ortiq fuqaro O‘zbekistonga olib kelingan. Ularning ko‘pchiligida kasallik aniqlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!