"Xolamning qizi yotib namoz o‘qishga majbur bo‘lyapti. Bu namoz o‘tadimi?"

"Xolamning qizi yotib namoz o‘qishga majbur bo‘lyapti. Bu namoz o‘tadimi?"

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, bundan bir yarim yilcha avval xolamning qizi namoz o‘qimas va ro‘mol o‘ramas edi. Alloh hidoyat qilib alhamdulillah hozir namozxon. Kollejda o‘qib yurganida bir yigit bilan gaplashib yurardi. Keyin ota-onalari ular yosh bo‘lishsa ham unashtirib qo‘yishdi. Ular mana 4 yil deganda turmush qurishdi. Bu o‘tgan yillar ichida xolamning qizi Allohga itoatli, mo‘mina qizga aylandi. Gap-so‘zlardan qo‘rqib Alloh buyruqlariga bo‘ysunmasada o‘sha yigitga turmushga chiqdi. Hozir esa kuyovning hatto onasi va akalari ham uni namoz o‘qishiga qarshilik qilishyapti. Bayramlarda uni aroq ichishga majburlashyapti. U yashirincha namoz o‘qib yuribdi. Ba zan oyog‘ini qiblaga qilib ko‘rpa ostida ishora qilib o‘qishga ham majbur bo‘ldi. Savolim shuki, unga shunday qilib o‘qisa mumkinmi? Imkon qadar qazo qilmaslikka harakat qilyapti. Ko‘rpa ostida o‘qisa ro‘mol bog‘lab o‘qimasa bo‘ladimi? Iltimos, unga biror yo‘lini ko‘rsatinglar! Unga Alloh taolo yengil qilsin! Iltimos u uchun duo qilinglar ustozlar, Alloh uni namozda bardavom qilsin! Alloh sizlardan sizlardan rozi bo‘lsin! Rahmat

Zikr ahlidan so‘rang hay’ati:

- Va alaykum assalom! O‘shanday qilib o‘qigan namozining qazosini qaytadan o‘qib olsin. Mo‘min-mo‘minalar namozini tashlamay har qanday holatda ham namoz o‘qishlariga farishtalarni havaslari kelib, haqqlariga duo qilishlarini va Allohfarishtalariga undaylar bilan fahrlanishini bilganlarida edi.

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ : يَقُولُ اللهُ تَعَالَى: أَنَا عِنْدَ ظَنِّ عَبْدِي بِي، وَأَنَا مَعَهُ إِذَا ذَكَرَنِي، فَإِنْ ذَكَرَنِي فِي نَفْسِهِ ذَكَرْتُهُ فِي نَفْسِي، وَإِنْ ذَكَرَنِي فِي مَلَأٍ ذَكَرْتُهُ فِي مَلَأٍ خَيْرٍ مِنْهُمْ، وَإِنْ تَقَرَّبَ إِلَيَّ بِشِبْرٍ تَقَرَّبْتُ إِلَيْهِ ذِرَاعًا، وَإِنْ تَقَرَّبَ إِلَيَّ ذِرَاعًا تَقَرَّبْتُ إِلَيْهِ بَاعًا، وَإِنْ أَتَانِي يَمْشِي أَتَيْتُهُ هَرْوَلَةً

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Nabiy sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: Alloh taolo aytadi: Men bandamning Men haqimdagi gumonidaman.* Meni eslasa, u bilan birgaman. Agar u Meni o‘zi eslasa, Men ham uni O‘zim eslayman. Agar u Meni bir jamoa ichida eslasa, Men uni ulardan yaxshiroq jamoa ichida eslayman. Agar u Menga bir qarich yaqinlashsa, Men unga bir ziro’ yaqinlashaman. Agar u Menga bir ziro’ yaqinlashsa, Men unga bir quloch yaqinlashaman. Agar u Menga yurib kelsa, Men unga chopib boraman . ( Oltin silsila kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

Manba: islom.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!