Xitoyda Putinning maqolasini chop etish taqiqlandi

Xitoyda Putinning maqolasini chop etish taqiqlandi

Xitoy hududida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin tomonidan yozilgan "Buyuk G‘alabaning 75 yilligi: Tarix va kelajak uchun javobgarlik" maqolasining tarjimasini chop etish taqiqlandi.

"Meduza" WebSitePulse xizmatiga tayanib xabar berishicha, material 20 iyun kuni "Sputnik" veb-saytining xitoycha versiyasida e’lon qilingan, ammo u yerda bir kun ham turmagan.

Ta’kidlanishicha, ushbu qarorning sabablari "Sputnik" matbuot xizmatida ham, "Rossiya Segodnya"da ham aytilmagan. Shu bilan birga, ekspertlarning fikriga ko‘ra, XXR davlat mediasi va «MIA Rossiya Segodnya» o‘rtasidagi strategik sheriklik to‘g‘risidagi kelishuvga qaramay, Xitoy Rossiya siyosatini ilgari surishdan bosh tortmoqda.

Jorjiya davlat universitetining global aloqalar professori Mariya Repnikovaning ta’kidlashicha, ko‘p sohalarda Rossiya Xitoyga ko‘proq bog‘liq, shuning uchun teng sheriklik haqida gapirishning hojati yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, Putin o‘z maqolasida Molotov-Ribbentrop paktini oqlaydi va Gitlerning hujumida Polsha rahbariyatini ayblaydi. Ushbu material Yevropa parlamentining Stalinizm, nasizm va boshqa totalitar rejimlarni qoralovchi rezolyusiyasiga javob bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!