Xitoy va Pokiston harbiy hamkorlikni chuqurlashtirmoqda

Xitoy va Pokiston harbiy hamkorlikni chuqurlashtirmoqda

Xitoy va Pokiston qurolli kuchlari o‘rtasidagi harbiy hamkorlik darajasi muttasil oshib boradi va mintaqadagi strategik muvozanat birgalikda ta’minlanadi.

Bu haqda Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharifning Xitoyga tashrifi yakunlari bo‘yicha qo‘shma bayonotida aytildi.

Tomonlar harbiy xizmatchilar o‘rtasida oliy darajadagi uchrashuvlarni davom ettirish, qo‘shma mashg‘ulotlar va harbiy-texnik sohadagi mavjud hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib olgani qayd etildi.

Xitoy Xalq Respublikasi va Pokiston rasmiylari ikki mamlakat armiyalari o‘rtasida uzoq vaqtdan beri saqlanib kelayotgan munosabatlarning ishonchli xususiyatidan mamnun ekani ta’kidlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!