Xitoy TIV: “Haddan ortiq vahima qilib yuborishmoqda”

Xitoy TIV: “Haddan ortiq vahima qilib yuborishmoqda”

Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vaziri AQSh bilan savdo urushi fonida vujudga kelgan virus haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Vazir Vang Yi AQShni savdo va turizmga xalaqit beradigan virusga nisabat juda qattiq reaksiya bildirmaslikka chaqirdi. Uning fikricha, virus sabab savdo va turizm sohasidagi aloqalarni to‘xtatib qo‘yish haddan tashqari vahima sababli bo‘lyapti.

"Umuman olganda epidemiya nazorat ostida. Ushbu epidemiya haqiqatan ham to‘satdan paydo bo‘ldi. Bu Xitoyga va butun dunyoga qiyinchilik tug‘dirdi”, deydi Van Yi.

Chindan ham virus sabab juda ko‘p davlatlar Xitoy bilan aloqalarini qisman cheklagan. Shuningdek, Xitoy hukumati vakili bu epidemiyani Xitoychalik xech qaysi davlat nazorat qila olmasligini ham aytib o‘tdi.

"Biz virusning oldini olish va nazorat qilish uchun shu qadar to‘laqonli sa’y-harakatlar qildikki, men buni qila oladigan boshqa birorta mamlakatni ko‘rmayapman. Ammo Xitoy buni uddalay oldi", deydi Vang. 

Amerika Qo‘shma Shtatlari va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushi fonida vujudga kelgan virus dunyodagi ikki yirik iqtisodiyot o‘rtasidagi bir necha jabhada asosiy tanglikni yuzaga keltirdi. Bu hokimiyat tepasiga kelganidan buyon Si Szinpin uchun rahbarlik davridagi eng qiyin vazifalardan biri ekanligi aytilmoqda.

"Ba’zi davlatlar chora-tadbirlarni kuchaytirdi, shu jumladan oqilona va tushunarli bo‘lgan karantin choralarini, ammo ba’zi davlatlar bu borada haddan tashqari keskin munosabatda bo‘lishdi va bu keraksiz vahima qo‘zg‘atdi", dedi u. Vazirning fikricha, epidemiyaga qarshi birga kurashish uchun davlatlar avvalgi aloqalarni tiklashi kerak.

"Ishonchim komilki, vaziyat rivojlanib, epidemiya asta-sekin kuchayib borar ekan, mamlakatlar bu haqda o‘ylaydilar. Ular asta-sekin bunday cheklovlarni olib tashlaydilar. Oxir-oqibat, bu davlatlar Xitoy bilan o‘zaro yaxshi munosabatda bo‘lishadi", deydi Vang Yi.

Pekin ko‘plab aviakompaniyalarning Xitoyga parvozini to‘xtatgandan keyin mamlakatlarni sayohat cheklovlarini yengillashtirishga va parvozlarni tiklashga chaqirdi. Shuningdek, u boshqa mamlakatdagi biron bir rahbar bu vazifani bajarishi juda qiyin bo‘lishini qo‘shimcha qildi.

"Faqat Prezident Sining rahbarligi ostida biz tez tarqalib ketgan ushbu yuqumli kasallikni nazorat qila olamiz. Bu nafaqat xitoyliklarning sog‘lig‘ini himoya qiladi, balki ushbu epidemiyaning dunyoda tez tarqalishi oldini oladi”, dedi u.

90 daqiqalik suhbat davomida vazir dunyodagi barcha muommolarda, shu jumladan Yaqin Sharq, Gonkongdagi tartibsizliklar va koronavirus bo‘yicha AQShni aybladi.

Manba: qalampir.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!