Xitoy raisi Si Szinpin AQShga jiddiy ayblov qo‘ydi

Xitoy raisi Si Szinpin AQShga jiddiy ayblov qo‘ydi

Xitoy raisi Si Szinpin AQSh prezidenti Jo Bayden bilan telefon orqali muloqotda, Vashingtonning Pekinga nisbatan so‘nggi siyosati ikki davlat muloqotida jiddiy qiyinchiliklarga olib kelganini aytdi.

"AQShning Xitoyga nisbatan ma’lum vaqt davomida olib borgan siyosati Pekin va Vashington o‘rtasida jiddiy qiyinchiliklarni keltirib chiqardi, bu ikki mamlakat xalqlarining asosiy manfaatlari va dunyoning barcha mamlakatlarining umumiy manfaatlariga mos kelmaydi", - dedi Si Szinpin.

Uning ta’kidlashicha, Xitoy va AQSh eng yirik rivojlanayotgan va rivojlangan yirik davlatlar bo‘lib qolaveradi va butun dunyoning kelajagi va taqdiri Pekin va Vashington munosabatlarini to‘g‘rilashga muvaffaq bo‘ladimi-yo‘qligiga bog‘liq.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!