Xitoy bir yilda 580 ming 5G baza stansiyasini qurdi

Xitoy bir yilda 580 ming 5G baza stansiyasini qurdi

Xitoy 2020 yilda infratuzilmaning yangi turini rivojlantirish doirasida 580.000 ga yaqin 5G baza stansiyalarini qurdi.

Bu haqda “Sinxua” Sanoat va axborotlashtirish vazirligiga asoslanib xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, hozirgi vaqtda okrug darajasidagi barcha Xitoy shaharlari beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘i bilan qamrab olingan.

Yanvar-noyabr yoylarida 5G mobil telefonlari yetkazib berish hajmi 144 million donani tashkil etgan. Bu davrda bozorda ushbu standart bilan ishlaydigan 199 yangi smartfon modellari paydo bo‘lgan.

Qayd etilishicha, vazirlik ishlab chiqarish, energetika va transport kabi sohalarda 5G texnologiyalaridan foydalanishni targ‘ib qilib, 5G aloqa tarmoqlari va ma’lumotlar markazlarini qurishni davom ettiradi. Kelgusi yilda mamlakat kamida 600.000 5G baza stansiyalarini qurishni rejalashtirmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!