Xalqaro jinoiy sudi prokuraturasi G‘azo sektoridagi ehtimoliy jinoyatlarni tergov qiladi

Xalqaro jinoiy sudi prokuraturasi G‘azo sektoridagi ehtimoliy jinoyatlarni tergov qiladi

Xalqaro jinoiy sudi (XJS) prokurori Karim Xonning aytishicha, prokuratura Isroilning Falastin hududidagi (G‘azo sektori va G‘arbiy Sohilda) ehtimoliy jinoyatlarini Rim statutiga muvofiq faol ravishda tergov qilmoqda.

Rim statutiga ko‘ra, XJS genosid, insoniyatga qarshi jinoyatlar, urush jinoyatlari va tinchlikka qarshi jinoyatlar tergovi bo‘yicha yurisdiksiyaga ega. Davlatlar ishtirokidagi ishlarni ko‘rib chiqadigan Xalqaro suddan farqli o‘laroq, XJS urush jinoyatlari yoki insoniyatga qarshi jinoyatlarda ayblangan shaxslarga qarshi ishlarni ham ko‘radi.

«Barcha urushlarning qoidalari bor va qurolli mojarolarga nisbatan qo‘llaniladigan qonunlar ularni bo‘sh yoki ma’nosiz qiladigan tarzda talqin etilmasligi kerak. Bu mening o‘zgarmas pozisiyam. O‘tgan yili Ramallohdagi (Iordaniyaning G‘arbiy sohilidagi shahar) hodisadan keyin Isroilning xatti-harakatlarida sezilarli o‘zgarishlarni ko‘rmadim... Mening idoram sodir etilgani aytilayotgan barcha jinoyatlarni faol ravishda tergov qilmoqda. Qonunni buzganlar javobgarlikka tortiladi», deb Xon so‘zlarini keltirdi «Kommersant».

Prokuror, shuningdek, G‘azo sektorining janubiy chegarasida joylashgan Rafahning bombardimon qilingani va Isroilning shaharga quruqlikdan bostirib kirishiga tayyorgarlik ko‘rilayotgani haqidagi xabarlardan xavotirda ekanini aytdi. U, shuningdek, HAMAS tomonidan garovga olinganlarni ozod qilishga chaqirib, bu masala ham XJS tergovining muhim sohasi ekanini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!