Venesuelada benzinga navbat boshlandi

Venesuelada benzinga navbat boshlandi

Aholi bunda hukumatni ayblayapti. Chunki neftga boy mamlakat hozirda Erondan benzin kelishini kutyapti.

Venesueladagi neftni qayta ishlash sanoati uskunalar eskirgani va ta’mirtalab bo‘lib qolgani uchun to‘xtab qolgan. Ayni paytda AQSh sanksiyalari yonilg‘i importini sezilarli darajada kamaytirdi.

Hukumat vakillarining aytishicha, tankerlar yo‘lga tushgan va uchta tanker avgust oyida Venesuelaga qarab yo‘lga chiqqan. Ular Amerika kuzatuv tizimini aylanib o‘tish uchun uzoq yo‘l bosishiga to‘g‘ri keladi.

Haydovchilar navbatda soatlab turishga to‘g‘ri kelishini aytmoqda. Har bir odamga 30 litrdan ko‘p benzin sotish mumkin emas.

Bir kunda Venesuelada 50-70 ming barrel benzin sarflanadi. Ammo bu bilan shug‘ullanuvchi kompaniya kuniga 30 ming barrel benzin yetkazib bermoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!