«Vatanparvar» tashkilotining yana bir zamonaviy avtodromi foydalanishga topshirildi

«Vatanparvar» tashkilotining yana bir zamonaviy avtodromi foydalanishga topshirildi

O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti Qashqadaryo viloyati kengashi tasarrufidagi Shahrisabz avtomobil maktabining zamonaviy talablarga mos ravishda bunyod etilgan avtodromining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

«Vatanparvar» tashkilotining yana bir zamonaviy avtodromi foydalanishga topshirildi

Tantanali marosimda «Vatanparvar» tashkiloti Markaziy kengashi raisi Husan Botirov, IIV JXD Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i Sherzod Ibragimov, Shahrisabz shahri hokimligi mutasaddilari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

«Vatanparvar» tashkilotining yana bir zamonaviy avtodromi foydalanishga topshirildi

Tadbirda so‘zga chiqqan Husan Botirov mazkur ob’ekt yaqinlashib kelayotgan davlatimiz mustaqilligining o‘ttiz uch yillik bayrami munosabati bilan shahrisabzliklar uchun «Vatanparvar» tashkilotining sovg‘asi ekanligini, endilikda ushbu o‘quv avtodromida haydovchilikning barcha toifalari bo‘yicha o‘qitilayotgan fuqarolar doimiy ravishda amaliy mashg‘ulotlarni o‘tashlari mumkinligini bildirdi.

«Vatanparvar» tashkilotining yana bir zamonaviy avtodromi foydalanishga topshirildi

«Vatanparvar» tashkilotining yana bir zamonaviy avtodromi foydalanishga topshirildi

Sherzod Ibragimov o‘z nutqida «Vatanparvar» tashkilotining avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash kurslarida tahsil oladigan har bir fuqaro professional haydovchi va xavfsiz yo‘l harakati ishtirokchisi bo‘lib yetishishiga umid bildirdi.

«Vatanparvar» tashkilotining yana bir zamonaviy avtodromi foydalanishga topshirildi

«Vatanparvar» tashkilotining yana bir zamonaviy avtodromi foydalanishga topshirildi

Tashrif buyuruvchilar uchun, shuningdek, zamonaviy innovasion texnologiyalar bilan jihozlangan Shahrisabz avtomobil maktabi binosida ekskursiya uyushtirildi.
Tadbir davomida tashkilotning Qashqadaryo viloyati kengashi raisi Otamurod Elomonovga Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i SH.Ibragimov tomonidan Shahrisabz avtomobil maktabining faoliyati uchun lisenziya tantanali ravishda topshirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!