Valyuta ayirboshlash shoxobchalarida video kuzatuv kameralari o‘rnatiladi

Valyuta ayirboshlash shoxobchalarida video kuzatuv kameralari o‘rnatiladi

Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operasiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, valyuta ayirboshlash shoxobchasi endilikda video kuzatuv kameralari bilan ham jihozlanadi.

Shuningdek, 09002-son shakldagi ma’lumotnomaning (jismoniy shaxslardan chet el valyutasini valyuta ayirboshlash shoxobchasi tomonidan sotib olinganligini tasdiqlaydigan hujjat) bir nusxasi jismoniy shaxsga beriladi, ikkinchi nusxasi kunlik hujjatlarga tikib qo‘yiladi.

Bundan tashqari, endilikda valyuta ayirboshlash shoxobchasining xodimi o‘zi qabul qilgan banknotani haqiqiyligi hamda muomalaga yaroqliligi uchun javobgardir.



 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!