“Vahshiylikka vahshiylik bilan javob bermaslik kerak”

“Vahshiylikka vahshiylik bilan javob bermaslik kerak”

“Qiynoqlarga qarshi jamoa” huquqni himoya qilish birlashmasi “Krokus Siti Xoll”dagi teraktda gumon qilinayotgan shaxslarga nisbatan xavfsizlik kuchlarining zo‘ravonligini qoralovchi bayonot bilan chiqdi.

“Qiynoqlarga qarshi jamoa” qamoqqa olinganlarning ehtiyot chorasini tanlash uchun sud zaliga og‘ir ahvolda: qulog‘i kesilgan, bo‘yniga paket osilgan va hushida bo‘lish belgilarisiz olib kirilgani masalasini ko‘tardi.

Vahshiylikka vahshiylik bilan javob bermaslik kerak. Biz har doim xavfsizlik kuchlari tomonidan qiynoqlar ostida olingan dalillarning qiymati juda past ekanligini aytganmiz va aytishda davom etamiz. Qiynoq ostidagi odam bunday hollarda haqiqatni gapirish o‘rniga bu qiynoqlarni to‘xtata oladigan yoki hech bo‘lmaganda ularni vaqtincha to‘xtata oladigan biror narsa aytadi. Qiynoq qurbonlari zo‘ravonlikni hech bo‘lmaganda vaqtincha to‘xtatish uchun ko‘pincha yolg‘on ma’lumot beradi.

Majburiy tan olish tergovni noto‘g‘ri yo‘lga boshlashi va hokimiyatni sodir bo‘lgan voqealarning ob’ektiv tasavvuridan mahrum qilishi mumkin. Agar siz jinoyatning barcha holatlarini bilmasangiz, kelajakda siz bunday dahshatning oldini ololmasligingiz mumkin.

Qiynoqlar jamiyatda shafqatsizlik darajasini oshiradi, jamiyatning o‘zi esa rivojlanish darajasida bir pog‘ona pastga tushadi. Agar davlat terrorchilikda gumon qilingan shaxslarga nisbatan qiynoqlarga toqat qilsa, u boshqa fuqarolarga nisbatan ham noqonuniy zo‘ravonlikni qo‘llashi mumkin.

Faoliyatimizning bir qismi sifatida biz odatda yashirin tarzda sodir bo‘ladigan qiynoqlarga oid shikoyatlarga duch kelamiz. Ammo bu gal sodir bo‘lgan voqea ommaviy bo‘lib, aholini qo‘rqitish, jamiyatni zo‘ravonlikning bevosita ishtirokchisiga aylantirish usuli sifatida qiynoqlar dahshatlarini fosh qildi.

Huquq himoyachilari, shuningdek, terakt qurbonlari va jabrlanganlarning oila a’zolariga hamdardlik izhor etib, “bu jinoyatga aloqador barcha shaxslar qattiq jazolanishi kerak” deya ta’ziya bildiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!