O‘ziga o‘t qo‘ygan surxondaryolik erkakka tuman hokimi qanday yordam berdi?

O‘ziga o‘t qo‘ygan surxondaryolik erkakka tuman hokimi qanday yordam berdi?

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda asosiy muhokama mavzuiga aylangan Surxondaryolik fuqaroning prezident Shavkat Mirziyoyevga yo‘llagan murojaati haqida xabar bergan edik. Bir ozdan so‘ng fuqaro unga qanday yordam berayotganliklari haqida videomurojaatda gapirtirilib, hokimlikning feysbukdagi sahifasiga joylashtirildi. Videomurojaatda fuqaroga qanday yordam berilayotganligi misollar bilan keltirib o‘tilmaganligi bois, ko‘pchilikda savol tug‘dirgan edi.

Shundan so‘ng Surxondaryo viloyati hokimligining feysbuk ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida voqea doirasidagi navbatdagi ko‘rsatuv lavhasi joylashtirildi. Lavhada hodisa yuzasidan surishtiruv olib borilib, quyidagicha oydinlik kiritilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, voqea qahramoni E.B. o‘ziga o‘t qo‘yganidan so‘ng ahvoli tiklangunga qadar Termiz tuman shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limida yotib muolajalarni olgan. Ahvoli og‘ir bo‘lmaganligi uchun muolajalar tugatilib, fuqaroga o‘z xonadoniga ruxsat berilgan. Tumandagi tez tibbiy yordam bo‘limi boshlig‘i S.Umarovga ko‘ra, E.B. bo‘yin, yuz hamda ko‘krak qafasi, oldingi ikkala kaft sohalarining 1-2 darajali kuyish jarohatlari bilan bo‘limga yotqizilgan. Shifokorlar tomonidan tekshirilganda uning ahvoli unchalik og‘ir bo‘lmagan. Umumiy og‘irligi va kuyish maydoni hisoblaganda ham 10-15 % 1-2 darajali kuyish ekanligi aniqlangan. Bemorni obdon tekshirgan shifokorning lavhada bayon qilishicha, E.B.ning o‘ng qo‘lida bilak sohasining uchdan bir qismida kesilib bitib ketgan ikkita chandiq izi bo‘lgan. U Rossiyada ishlagan vaqtlarida ham o‘z joniga suiqasd qilgan.

Termiz tuman hokimligi tomonidan fuqaroga qanday yordam berildi?

E.B.ning qo‘lbola konstruksiya asoida qurilgan yemakxonasi buzib tashlanganligi rost bo‘lib chiqqan rostdan ham buzib tashlangan. Chunki yemakxona avtomobillar to‘xtash yerida joylashib, ko‘cha tarovatiga ham soya solib turgan. E.B. yemakxonasi buzib tashlanganligidan norozi bo‘lib, hokimlik binosi hovlisida o‘ziga o‘t qo‘ygan. Bu haqdagi xabarlar ommaviy axborot vositalarida tarqalgach, hokimlik tomonidan maxsus yer ajratilib, yemakxona uchun savdo nuqtasi qurib berilgan. Hozircha yangi yemakxonaning qurilish ishlari davom etmoqda.

Dori ukollar bepul bo‘ldi. Shunisiga ham rahmat. Ishlarimga yordam beryapti, joyim qurilyapti. Hokim bobom hammasini o‘zining otalig‘iga oldi. Hammasidan mingdan ming roziman , deydi fuqaro E.B. lavhadagi bergan intervyusida.

Termiz tumani Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i L.Mirzayevning ma’lum qilishicha, fuqaroning tadbirkolik faoliyati aslida mavjud bo‘lmagan. Ammo fuqaroning turmush o‘rtog‘i J.Orzigulning nomiga YATT faoliyati ochilgan. Uning tadbirkorlik faoliyati davomida ham soliq to‘lovlaridan qarzdorligi mavjud bo‘lib, 2018 yilning dekabr oyida to‘xtatilgan. Ushbu holatda ham bugungi kundagi byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasidan sug‘urta badali bo‘yicha 690 ming so‘m qarzdorligi mavjud bo‘lgan.

B.Erdonov rosmana tadbirkorlik faoliyatiga ega bo‘lmay, u bir oz avval tadbirkorlik faoliyatiga bel bog‘lagan. Ammo pishiq bo‘lmagan tadbirkorlik rejasi unga pand bergan. Shuningdek, Mikrokreditbankdan olingan 15 million so‘mlik kredit mablag‘ini to‘lash o‘rniga, fuqaro xorijga uzoq muddatga ketish vaji bilan bank muassasaidan qochib qolgandi , deydi holatni o‘rgangan muxbir.

Birini o‘rinda prokuraturaga borishim kerak edi. Men juda katta xato qilganman. Hamma aybni o‘zimdan ko‘raman. Men birovga bu ishni qiling deb ravo ham ko‘rmayman. Dushmanimga ham ravo ko‘rmaymanki, biz oddiy xalqni eshitadigan odam ko‘p yo‘lini bilsak... Shu qonun qoidani bilmasligimdan... deydi o‘zi sodir etgan harakatlarini izohlagan fuqaro E.B.

Lavhada shuningdek, ayni kunda kunlarda holat bo‘yicha mahalliy hokimlik tomonidan xizmat tekshiruvi olib borilayotgani, tez kunlarda huquq tartibot idoralari qonunda ko‘rsatilgan tartibda o‘z munosabatlarini bildirishlari aytilgan.

Hokimlar fuqarolarni shaxsan tinglashlari kerak...

Lavhada muxbir shuningdek, murosa qilsa bo‘ladigan ishlar uchun fuqaroning shovqin ko‘targanligi ni iddao qiladi. Ammo fuqaroning yoshi, uning adolat istab hokimlik eshigiga borganida xojati baroridan kelmaganligini inobatga olsak, uning bekorga shovqin ko‘tarmaganligini tushunish mushkul bo‘lmaydi. Fuqaroning o‘z joniga qasd qilishdek irodasizlikka borganligi esa albatta bundan mustasno.

O‘ylab ko‘ring, fuqaro avval hokimlikka hech qanday murojaat qilmay turib, muammosi hal bo‘ladimi yo‘qmi bilmagan holda, o‘ziga o‘t qo‘yishi mumkinmi? Agar hokim qabuliga kira olganida, unga berilayotgan hozirgi yordam o‘shanda ham berilganida, fuqaro bu tarzda hayotini xavf ostiga qo‘yishi mumkinmidi? Bizningcha, bu dajaraga borish uchun kishi ruhan nosog‘lom bo‘lishi kerak.

Agar Respublikamizning barcha hududlarida faoliyat yuritib kelayotgan hokimliklar qabul kunida fuqarolarni shaxsan qabul qilsa, ularga o‘z vaqtida yordam qo‘lini cho‘zsa, kelajakda mana shunday gap-so‘zlarning oldi olinar edi.

Muhimi fuqaroning muammosi kech bo‘lsa-da e’tiborsiz qoldirilmadi. E.B. tadbirkorlik faoliyatini davom ettirishi uchun hokimlik tomonidan ko‘mak berilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!