O‘zbekistondagi axborot tizimlariga bir haftada 32 mingdan ortiq kibertahdid sodir etildi

O‘zbekistondagi axborot tizimlariga bir haftada 32 mingdan ortiq kibertahdid sodir etildi

UzCERT xizmati tomonidan 2024 yilning 5 fevralidan 11 fevraligacha mamlakat hududidagi axborot tizimlari va resurslariga nisbatan 32 156 ta kibertahdid aniqlandi. Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi xabar bermoqda.

Ulardan eng ko‘pi hukumatga tegishli axborot tizimlariga nisbatan uyushtirilgan bo‘lib, jami ko‘rsatkichning 52,7 foizini tashkil etadi.

Shuningdek, sohalar bo‘yicha AKT (19,3 foiz),moliya (14,2 foiz), energetika (4,3 foiz) hamda ishlab chiqarish (3,9 foiz) sohalatidagi axborot tizimlariga ham kibertahdidlar sodir etilgan.

Hafta davomida uchragan zaifliklar top-5taligiga quyidagilar kiradi:

  • CVE-2022−31813 — 18,5 foiz;
  • CVE-2022−22720 — 18,3 foiz;
  • CVE-2021−39275 — 16,9 foiz;
  • CVE-2021−44790 — 16,9 foiz;
  • ssl poodle — 16,2 foiz.

Kiberxavfsizlik markazi foydalanadigan operasion tizim va dasturiy ta’minotni doimiy yangilab borishni hamda kiberxavfsizlik talablariga rioya etishni so‘ramoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!