O‘zbekistonda vaksina olganlarning qanchasi koronavirusga chalindi?

O‘zbekistonda vaksina olganlarning qanchasi koronavirusga chalindi?

Nurmat Atabekovga ko‘ra, O‘zbekistonda ommaviy vaksinasiyalash boshlanganidan beri (1 apreldan) jami koronavirus bilan kasallanish holatlarining bor-yo‘g‘i 285 tasi yoki taxminan 0,3 foizi emlanganlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, vaksina qabul qilganidan keyin koronavirus bilan kasallanganlarda kasallik asosan o‘rtacha formada kechmoqda. Kam hollardagina koronavirusning og‘ir (barcha vaksinalar) va o‘ta og‘ir (faqat ZF-UZ-VAC 2001 va «Sputnik V») formalari kuzatilgan.

❗️ Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, COVID-19ga qarshi emlash kasallikning osoyishta kechishi va og‘ir holatlar sonining kamayishiga imkon yaratadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!