O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 3463 nafarga yetdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 3463 nafarga yetdi

2020 yil 29 may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3463 (+19) nafarni tashkil etmoqda.  
 
Yangi kasallanish holatlarining 2 nafari Toshkent shahrida aholi orasida, yana 2 nafari Sirdaryo viloyatida Qozog‘iston orqali kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida aniqlangan. 15 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida aniqlangan bo‘lib, shundan 10 nafari Sharjadan, 3 nafari Novosibirskdan charter reys bilan kelgan, qolgan 2 nafari esa koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan.

Ayni paytda yurtimizda 2694 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘ayib, davolanish darajasi 77 foizni tashkil qilmoqda. 
 
Hozirda mamlakatimizda 755 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 6 nafari og‘ir ahvolda, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
 
Sog‘liqni saqlash vazirligi  
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi. 
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!