O‘zbekistonda kattaligi qo‘ydek keladigan baliq ovlandi (foto)

O‘zbekistonda kattaligi qo‘ydek keladigan baliq ovlandi (foto)

O‘zbekistondagi noqulay ob-havo sharoitiga qaramasdan, mahalliy baliqchilar o‘zlarining sevimli ishlari bilan shug‘ullanishda davom etishmoqda. Masalan, kecha ulardan biri kattaligi qo‘ydek keladigan baliqni ovlashga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda Potrebitel.uz xabar qilmoqda.

Baliqchilarning so‘zlariga ko‘ra, baliq Tuyabo‘g‘iz suv omborida tutilgan va uni bir necha kishi suvdan chiqarib olgan. Chunki bu baliqni suvdan chiqarib olish uchun bir kishining kuchi yetmagan.

Baliq tortib ko‘rilganda uning og‘irligi 35 kilogrammni tashkil etdi , - deyishdi baliqchilar.

Shuningdek, Baliqchilar hozirda Tuyabo‘g‘iz suv ombori va uning atrofidagi kanallarda baliq ovlash yaxshi ekanligini qayd etishgan.

Xo‘sh, baliq oviga boramizmi?

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning iyun oyida Xitoyning Guyyan shahrida baliqchilar mutant baliqni ovlashgan edi. Baliqning boshi qush boshini eslatadi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!